Bugun 28 mart, 2025 yil, juma

КИР

Germaniyada AQShdan F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi

Germaniyada AQShdan F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi

Hukmron Xristian-demokratik ittifoq partiyasi (XDI) vakili, tashqi siyosat bo‘yicha mutaxassis Roderix Kizevetter Qo‘shma Shtatlardan F-35 harbiy samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Uning fikricha, Donald Trampning AQSh prezidenti bo‘lishi transatlantik aloqalarning kelajagini noaniq holatga solib qo‘ygani bois, Berlin o‘z manfaatlarini qayta baholashi lozim.

"F-35 – bu AQShning to‘liq nazoratidagi tizim. Nazariy jihatdan, Amerika istalgan paytda ushbu samolyotlarni biz va boshqa mamlakatlar uchun foydasiz holatga keltirish imkoniyatiga ega", – deya fikr bildirdi siyosatchi Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida.

Kizevetterning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya texnik xizmat ko‘rsatish, logistika va elektron tarmoqlar masalasida AQShga to‘liq qaramdir, shuning uchun Berlin Vashington bilan amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishi kerak.

Kiritildi: 21:46 22.03.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!