Niderlandiya shimolidagi klinikalarda kompyuterlar ishlamay qoldi, shu bois operasiyalar keyinga qoldirilmoqda, klinikalar esa uchrashuvlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda, deb yozadi Telegraaf gazetasi. Xuddi shu muammo Germaniyaning shimolida. Shlezvig-Golshteyn universiteti kasalxonasi Kil va Lyubekda rejalashtirilgan barcha operasiyalarni bekor qilganini e’lon qildi.
AQShda Delta, United va American Airlines yirik aviakompaniyalarining barcha reyslari bekor qilindi. Rotterdam porti ham ishlamay qoldi.