Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari Arktikada o‘z harbiy mavjudligini kuchaytirishi mumkin

Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari Arktikada o‘z harbiy mavjudligini kuchaytirishi mumkin

Bu Qo‘shma Shtatlarning Grenlandiyaga bo‘lgan hududiy da’volari hamda Rossiya va Xitoy tahdidlari fonida yuz bermoqda, deya qayd etadi Deutsche Welle nashri.

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Arktika mintaqasida mustahkam himoya zarurligini ta’kidlab, Grenlandiya, Islandiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi dengiz yo‘llari Shimoliy Atlantika alyansi xavfsizligi uchun muhim ekanini aytdi. U, agar mojaro yuz bersa, Moskva bu yo‘llardan foydalanib, Qo‘shma Shtatlarni Yevropadan ajratib qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

Pistorius Arktika xavfsizligi nafaqat AQSH, balki butun NATO manfaatlariga javob berishini qayd etdi va alyans tomonidan Arktika mintaqasini kuzatish va patrul qilish uchun qo‘shma missiya yaratishni taklif qildi.

"Gap kuzatuv, patrul va suv osti, suv usti hamda havodagi vaziyatni nazorat qilish haqida bormoqda. Shu bilan birga, razvedka faoliyati va muntazam harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali bizning bu yerda mavjudligimizni ko‘rsatish maqsad qilingan", — dedi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!