Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya Ukrainaga qiruvchilar yetkazib berishdan bosh tortdi

A A A
Germaniya Ukrainaga qiruvchilar yetkazib berishdan bosh tortdi

Germaniya Ukraina armiyasiga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan bosh tortdi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Hebeshtrayt ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar allaqachon Kiyevga F-16 qiruvchilarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ukrainalik uchuvchilar esa mazkur aviatexnikalardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tmoqda.

“Ukrainaga har xil turdagi qiruvchi samolyotlarni yetkazib berishdan ma’no yo‘q. Qiruvchi samolyotlar tashqi ko‘rinishidan o‘xshash bo‘lsa-da, ular boshqaruvda juda farqlanadi. Bu esa uzoq muddatli tayyorgarlikni taqozo etadi”, dedi Hebeshtrayt.

Kiritildi: 11:04 16.07.2024. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!