Shu munosabat bilan, «Ukraina AESlarida xavfsizlikni ta’minlash» va «yadroviy xavfsizlikning og‘ir vaziyati» sharoitida Berlin Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka (MAGATE) 1 million yevro ajratadi.
Shvarselyur-Sutter Rossiyani Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, u xalqaro hamjamiyatni 2025 yil fevral oyida dron zarbasidan zararlangan Chernobil AESining 4-energobloki ustidagi Yangi xavfsiz konfaynment (NBK) — himoya arkasini ta’mirlash ishlarida ishtirok etishga chaqirdi.
Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, Chernobil AESiga zarba bergan dron Rossiyaniki bo‘lgan. Rossiya rasmiylari esa buni rad etmoqda.
Shvarselyur-Sutterning aytishicha, ta’mirlash ishlarida Germaniya tashabbusni o‘z qo‘liga oladi va 50 million yevro ajratish niyatida.