Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Germaniya Turkiyadagi norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi

Germaniya Turkiyadagi norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi noroziliklarga sabab bo‘lgan Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘luning hibsga olinishi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatlarini pasaytirayotganini bildirdi.

"Ekrem Imamog‘lu va boshqalarga qarshi qo‘llanilgan choralar fonida Turkiyaning YEIga a’zo bo‘lishi bo‘yicha majburiyatlari tobora quruq va’daga aylanib bormoqda. Siyosiy raqiblarga na qamoqxonada, na sudda o‘rin bor. O‘z kelajagini Yevropa Ittifoqida ko‘radigan mamlakat qonun ustuvorligini ta’minlashi shart", deyiladi Germaniya TIVning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotida.

Ma’lumrt uchun, Turkiya 1995 yildan beri Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlat hisoblanadi.

Kiritildi: 17:44 25.03.2025. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!