Germaniyaning «Fulda» mina qidiruvchi kemasi O‘rta yer dengiziga yo‘l oldi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda, kema u yerdan Ho‘rmuz bo‘g‘oziga qayta yo‘naltiriladi.
Avvalroq Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakat Hurmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
«Germaniya tegishli shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, dengiz yo‘llari erkinligini ta’minlashda, shu jumladan, harbiy vositalar yordamida ishtirok etishga tayyor», — deb ta’kidladi Mers.