Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniya Rossiyaning ehtimoliy tajovuzi sababli olti oylik ixtiyoriy harbiy xizmatni joriy qilmoqchi

Germaniya Rossiyaning ehtimoliy tajovuzi sababli olti oylik ixtiyoriy harbiy xizmatni joriy qilmoqchi

Germaniya Rossiyaning ehtimoliy tajovuzi qarshisida ko‘proq zahiradagi askarlarni tayyorlash va milliy mudofaani kuchaytirish uchun olti oylik ixtiyoriy harbiy xizmatni joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Reuters agentligi rejadan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra, ko‘ngillilar xavfsizlik xizmati kabi oddiy vazifalarni bajarishga o‘rgatiladi, biroq o‘qishni hohlovchilar yetarli bo‘lmasa, hukumat harbiy xizmatga qaytish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Qayd etilishicha, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius harbiy xizmatchilar sonini 180 mingdan 260 mingga oshirmoqchi. Manbalarga ko‘ra, hukumat ixtiyoriy olti oylik mashg‘ulotlar bu ko‘rsatkichni ikki barobar oshirishga yordam beradi va ko‘ngillilarning bir qismi harbiy xizmatni davom ettiradi, deb umid qilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, dastur ishtirokchilari yuk mashinasi haydovchisi guvohnomasini olish yoki tanker haydovchisi bo‘yicha treningdan o‘tish uchun ichki xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini kengaytira oladi. Yangi kazarmalar ham rejalashtirilgan bo‘lib, yangi chaqiruvchilar uylariga yaqinroq o‘qishlari mumkin.

Nashrning yozishicha, agar hukumat o‘z ixtiyori bilan ishga qabul qilish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajara olmasa, kimlar majburiy xizmatga chaqiriladi, degan savol ochiq qolmoqda.

Agentlik Germaniya 2011 yilda majburiy harbiy xizmatni bekor qilganini eslatdi.

Kiritildi: 10:22 05.07.2025. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!