Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniya qamoqxonasida isyon xavfi

Germaniya qamoqxonasida isyon xavfi

Shimoliy Reyn-Vestfaliya jerining Zigburg shahridagi jazoni ijro etish muassasasida mahbuslar o‘rtasida isyon tayyorlanayotgani haqida xabarlar kelib tushgach, keng ko‘lamli polisiya operasiyasi o‘tkazildi.

Bu haqda Spiegel nashri yozmoqda.

Shimoliy Reyn-Vestfaliya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda vaziyat nazorat ostida. Operasiya o‘tkazilishiga mahkumlardan biri tomonidan berilgan xabar sabab bo‘lgan.

Maxsus operasiyaga 100 ga yaqin huquqni muhofaza qilish organi xodimlari jalb etildi. Polisiyachilar olingan ma’lumotlarni tekshirish va mumkin bo‘lgan taqiqlangan buyumlarni aniqlash maqsadida muassasa hududida tintuv o‘tkazishdi.

Hozirda xavfli yoki taqiqlangan buyumlarni musodara qilish yuzasidan tekshiruvlar hamda hodisa holatlari bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:24 22.07.2026. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!