Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasi faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Sarvar Hamidov, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal ishtirok etdi.
Hujjatda Germaniya hukumatining Orolbo‘yi bo‘yicha Trast jamg‘armasiga 700 ming dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Mablag‘lar murakkab ekologik vaziyatning mintaqa aholisiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan manzilli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, jami Trast jamg‘armasining ustuvor yo‘nalishlari doirasida Qoraqalpog‘istonning Beruniy, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari hamda Nukus shahrida 7 ta loyiha amalga oshirilib, 16 million dollardan ortiq mablag‘ jalb etilgan.
Shu jumladan:
“Germaniya hukumati bilan kelishuv imzolanishi xalqaro hamjamiyatning Orol dengizi inqirozidan jabr ko‘rgan odamlarning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.