"Germaniya 8 may kunidan boshlab noqonuniy migrantlarni mamlakatga kiritmaydi va chegaralarida nazoratni kuchaytiradi" — deya ma’lum qildi GFR Ichki ishlar vazirligining yangi rahbari Aleksandr Dobrindt.
7 may kuni Aleksandr Dobrindt federal polisiyaga chegara nazoratini kuchaytirish va noqonuniy kirish holatlarida hujjatlarni rad etish bo‘yicha og‘zaki buyruq berdi. Bu Yevropa Ittifoqi davlatlari va Shveysariya orqali birinchi marta mamlakatga kirib keladigan migrantlarga tegishli.
"Bu kansler Fridrix Mersning saylovoldi kampaniyasining bir qismi edi. Kansler lavozimidagi birinchi kunida Mers “noqonuniy kirishga bo‘lgan barcha urinishlarni istisnosiz rad etishi”ni e’lon qildi. Bu xavfsiz Yevroittifoqi mamlakatlari orqali harakatlanayotgan qochoqlarga ham tegishli", deb yozmoqda DW.