Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya mudofaa vaziri Pistorius AQShning Rossiyaga tinchlik taklifini "noo‘rin" deb baholadi

Germaniya mudofaa vaziri Pistorius AQShning Rossiyaga tinchlik taklifini "noo‘rin" deb baholadi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning ta’kidlashicha, Yevropa kelgusi yilda AQShning yordamisiz Ukrainada ishonchli tarzda vaziyatni tiyib turishga qodir emas.

Bu orada, AQSh vitse-prezidenti J.D. Vans prezident Donald Trampning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlikni ta’minlash rejasini e’lon qilishi kutilmoqda.

Pistorius, shuningdek, tinchlik bo‘yicha har qanday muzokaralarda yevropaliklar ishtirok etishi lozimligini qo‘shimcha qildi.

"Evropaliklar muzokaralarida ishtirok etmagan tinchlikni ta’minlashda qatnasha olmasliklari aniq," dedi u.

Germaniya mudofaa vazirining fikricha, Ukrainaning NATOga a’zoligini kun tartibidan chiqarish va Rossiyaga hududiy yon berishni taklif qilish xato bo‘lib, buni u "noo‘rin" deb baholadi.

Kiritildi: 20:10 14.02.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!