Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya Malidagi harbiy missiyasini uzaytirdi

Germaniya Malidagi harbiy missiyasini uzaytirdi

Germaniya qonunchilari G‘arbiy Afrika davlati Malidagi BMTning ikkita harbiy missiyasidagi ishtirokini uzaytirish uchun ovoz berdi.

Parlamentda mutlaq ko‘pchilik nemis askarlarini Malidagi tinchlik jarayonini saqlab turish uchun BMTning “MINUSMA” missiyasida yana bir yil qoldirishga ovoz berdi.

Kansler Olaf Shols koalision hukumatidan taxminan 541 deputat mandatni yoqlab, 103 nafari esa qarshi ovoz berdi.

Mamlakatning asosiy muxolifatdagi xristian-demokratlar partiyasi bu harakatni qo‘llab-quvvatladi, so‘l sosialistik partiya qonunchilari esa bunga qarshi ovoz berdi.

Parlament qarori hukumatga kelasi 12 oy ichida BMTning “MINUSMA” missiyasiga 1400 nafargacha askar yuborish imkonini beradi.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, missiya taxminan 453 million yevro (479 million dollar)ga tushadi. Bugun bo‘lib o‘tgan yana bir ovoz berishda nemis qonunchilari ham qurolli kuchlarning (Bundesver) Yevropa Ittifoqi boshchiligidagi “EUTM” o‘quv missiyasidagi ishtirokini oshirish bo‘yicha hukumat taklifini ma’qulladilar.

Mazkur o‘quv missiyasi tarkibidagi nemis harbiylarining yuqori chegarasi 300 askarga tushirildi.

Kiritildi: 13:25 22.05.2022. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!