Germaniya kompaniyalari Rossiya byudjetini to‘ldirishda davom etmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.
"Saksiyalarga qaramay, 393 nemis kompaniyasi Rossiyada faoliyatini davom ettirmoqda. O‘tgan yili ular Rossiya byudjetini 379 million yevroga to‘ldirishdi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, parallel import tufayli Germaniya Rossiyaga Xitoydan keyin ikkinchi yirik mahsulot yetkazib beruvchiga aylandi. O‘tgan yil davomida Germaniyadan Rossiyaga 21,12 milliard yevrolik mahsulot yetkazib berildi.