Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Germaniya kansleri Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish Yevropa moliya bozori uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini aytdi

Germaniya kansleri Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish Yevropa moliya bozori uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini aytdi

"Hozirda Rossiya aktivlarini musodara qilish imkoniyati o‘rganilmoqda. Agar bu mablag‘lardan mustahkam huquqiy asosda foydalanish imkoni paydo bo‘lsa, biz bu ishni qilamiz. Biroq bunday qadam Yevropa moliya bozori uchun qanday xavflarni keltirib chiqarishini anglashimiz lozim", — deya fikr bildirdi Fridrix Mers Die Zeit gazetasiga bergan intervyusida.

Nashrning qayd etishicha, Yevropa yetakchilari ushbu mablag‘larni Ukrainani tiklash uchun ishlatmoqchi, biroq ular hozirgacha bunday qarorni xalqaro amaliyotda xavfli vaziyat yaratmasdan va huquqiy ziddiyatlarsiz qanday amalga oshirish mumkinligi yuzasidan kelishuvga erisha olishmadi.

G‘arbdagi bir qator rasmiy shaxslar, jumladan Germaniyada va Yevropa Markaziy banklari rahbariyati, suveren zaxiralarni bevosita musodara qilish masalasida ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ularning ogohlantirishicha, bu qadam huquqiy muammolarga olib kelishi va yevroning zaxira valyutasi sifatidagi maqomiga putur yetkazishi mumkin.

Kiritildi: 23:27 15.05.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!