Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya ichki ishlar vaziri Yevropa Ittifoqi tashqarisida deportasiya markazlarini tashkil etishni yoqlab chiqdi

Germaniya ichki ishlar vaziri Yevropa Ittifoqi tashqarisida deportasiya markazlarini tashkil etishni yoqlab chiqdi

Bu haqda DW nashri ma’lum qildi.

"Biz deportasiya markazlarini yaratish talabini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu mutlaqo zarur va innovasion yondashuv deb hisoblaymiz", — dedi Aleksandr Dobrindt Yevropa mamlakatlari ichki ishlar vazirlari uchrashuvining ochilishida.

Siyosatchining fikricha, boshpana izlovchilarni qabul qilishga tayyor bo‘lgan, “imkon qadar kelib chiqish mamlakatlariga yaqin joylashgan” davlatlar bilan kelishuvlarga erishish lozim.

Evrokomissiyaning migrasiya masalalari bo‘yicha vakili Magnus Brunner esa, o‘z navbatida, migrasiya masalasini kun tartibiga doimiy ravishda kiritishni taklif qildi. U shuningdek, Yevropa davlatlariga boshpana izlovchilarni Yevroittifoqqa aloqasi bo‘lmagan uchinchi mamlakatlarga deportasiya qilish imkonini berishni taklif etdi.

Bryusselning YEI byudjeti bo‘yicha navbatdagi rejalari orasida, jumladan, Yevropa chegara agentligi — Frontex'ni moliyalashtirishni oshirish ham nazarda tutilgan. Brunnerning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsadlardan biri Liviya kabi mamlakatlar bilan migrasiya bo‘yicha kelishuvlarga erishishdir. Aynan shu davlat orqali ko‘plab odamlar Yevropaga yetib borishga harakat qilmoqda.

"Liviya hukumati tomonidan yo‘lda to‘xtatilgan migrantlar majburan qaytarib yuboriladi va asossiz tarzda hibsga olinadi. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar Yevropa Ittifoqini bu mamlakatda inson huquqlari buzilishida sheriklikda ayblamoqda", deya yozmoqda Deutsche Welle.

Kiritildi: 12:00 23.07.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!