Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Germaniya harbiylarini Ukrainaga yuborish masalasi hozircha muhokama qilinmayapti – Fridrix Mers

Germaniya harbiylarini Ukrainaga yuborish masalasi hozircha muhokama qilinmayapti – Fridrix Mers

Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers Die Welt nashriga bergan intervyusida Germaniya harbiylarini tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainaga yuborish masalasi hozircha hatto muhokama qilinmyotganini ta’kidladi.

"Biz otashkesimga erishishdan hali juda yiroqmiz, tinchlik kelishuviga esa yanada uzoqroqmiz", — deya ma’lum qildi Mers.

Uning aytishicha, Germaniyaning Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish yoki otashkesimga rioya etilishini kuzatishda ishtirok etishning boshqa usullari mavjud. Mers bu borada “juda ko‘p imkoniyatlar” borligini qo‘shimcha qildi.

"Biz, albatta, Ukraina armiyasiga kuchli yordam ko‘rsatishda davom etishimiz mumkin. Masalan, Kiyevni AQSh yordamida va Yevropa bilan hamkorlikda qurol-yarog‘ bilan ta’minlasak bo‘ladi", – deya qo‘shimcha qildi Mers.

Kiritildi: 21:41 08.05.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!