Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Germaniya elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Germaniya elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, axborot xizmatlari tizimining yaratilishi, matbuot kotiblarining maqomi va mavqei oshirilishi, davlat organlari ochiqligini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan jiddiy islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan ikki tomonlama aloqalar hamda manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Germaniya va O‘zbekiston davlat organlari axborot xizmatlarini rivojlantirish masalalari, ushbu sohada Germaniya tajribasini o‘rganish yuzasidan fikr almashildi. Janob Overfeld O‘zbekistonda axborot sohasidagi o‘zgarishlarga, shu jumladan, uning normativ-huquqiy asoslari takomillashtirilayotganiga e’tibor qaratdi va o‘z tomonidan hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. 

Kiritildi: 22:20 13.02.2020. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!