Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniya armiyasi Yevropaning eng kuchlisi bo‘lishni istaydi, ammo byurokratiya bunga to‘sqinlik qilmoqda

Germaniya armiyasi Yevropaning eng kuchlisi bo‘lishni istaydi, ammo byurokratiya bunga to‘sqinlik qilmoqda

The Economist jurnali maqolasini Germaniyaning armiyani yana bir bor kuchaytirish niyatiga bag‘ishlagan. Kansler Fridrix Mersning aytishicha, maqsad Bundesverni “Evropaning eng kuchli armiyasiga” aylantirish. Biroq mutaxassislar byurokratiya va xaridlarning samarasiz tartiblari bunga to‘sqinlik qilayotganidan ogohlantirmoqda.

General-leytenant Alfons Mays zudlik bilan qurollarni ommaviy ishlab chiqarishga o‘tishga chaqirdi.

"Vaqt tugayapti. Agar bizda kechikishlar yoki ichki [qurol] ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bo‘ladigan bo‘lsa, kengroq yondashgan ma’qul va bizni kim qurol bilan ta’minlayotgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqqan ma’qul", - dedi Mays.


Tanqidchilarning ta’kidlashicha, odatiy nemis muammosi ishlab chiqaruvchilarga haddan tashqari talablardir. Bir misol, homilador ayol askarlarning xavfsizligini hisobga olgan holda tanklarning majburiy dizayni.

Nemis sanoat federasiyasining xavfsizlik bo‘yicha eksperti Mattias Vaxter: “Endi 80 foizli yechim besh yil ichida yuz foizlik yechimdan ko‘ra yaxshiroqdir.


Tahlilchilarning aytishicha, eng katta muammo Germaniyaning armiyaga nisbatan shubhasi. Umumiy harbiy xizmasiz Bundesver kerakli miqdordagi jangchilarni yollashda muammolarga duch keladi. Hozirda armiyada 180 mingga yaqin odam bor, lekin yana kamida 100 ming kishi kerak.


Kiritildi: 15:45 09.06.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!