Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniya 2025 yilda Ukrainaga ko‘mak uchun 7 milliard yevro ajratadi

Germaniya 2025 yilda Ukrainaga ko‘mak uchun 7 milliard yevro ajratadi

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi.

"Biz uchun muhim jihat shundaki, Ukraina Yevroittifoq tomon yo‘lini davom ettirsin va urushdan keyin ham kuchli armiyaga ega bo‘lsin", – deya ta’kidladi Shols Bryusselda YEI yetakchilari sammiti boshlanishidan oldin. Mazkur yig‘ilishda Yevropaning Kiyevga yordami rejasi muhokama qilinadi.

Olaf Shols Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi. Kansler ushbu strategiyaning bir qismi sifatida Germaniyaning mudofaa xarajatlari uchun "qarz to‘sig‘ini" bekor qilish qarorini ko‘rsatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya 2025 yilda Kiyevga yordam uchun 7 milliard yevro ajratadi.

"To‘rt milliard yevro allaqachon ajratilgan, yana uch milliard beramiz. Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoladi," — deya aniqlik kiritdi Germaniya hukumati rahbari.

Kiritildi: 10:12 21.03.2025. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!