Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya 2 kunda chegarada qo‘lga olingan noqonuniy migrantlarning 78 foizini mamlakatdan chiqarib yubordi – Bild

Germaniya 2 kunda chegarada qo‘lga olingan noqonuniy migrantlarning 78 foizini mamlakatdan chiqarib yubordi – Bild

7 maydan boshlab Germaniya Ichki ishlar vazirligi chegara nazoratini keskin kuchaytirdi, keyingi ikki kunda federal polisiya 365 nafar noqonuniy migrantni qo‘lga oldi. Ularning 286 nafari yoki 78,3 foizi mamlakatdan deportasiya qilindi. Bu haqda 11 may kuni Bild gazetasi polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p hollarda viza yo‘qligi, soxta hujjatlarga egalik yoki kirish taqiqining mavjudligi Germaniyaga kiritilmaslikka sabab bo‘lmoqda.

Bild'ning qochqinlar bo‘yicha mutaxassislarga tayanib yozishicha, har kuni taxminan 200 nafar qochqin Germaniya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinadi. Oldinlari har kuni taxminan 120 nafar migrantga kirish rad etilgan. 7 mayda yangi qoidalar kuchga kirgach, bu raqam 190 nafargacha oshdi.

Germaniyaning yangi ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt 7 may kuni chegara nazorati kuchaytirilishi haqida e’lon qildi. Yangi tartibga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelgan boshpana so‘rovchilarga chegaraning o‘zidayoq kirish rad etilishi mumkin. Faqat bolalar va homilador ayollar kabi guruhlar uchun istisnolar saqlanadi.

Kiritildi: 10:36 12.05.2025. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!