Bugun 23 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

General-mayor Rustam Jo‘rayev aholiga murojaat qildi

General-mayor Rustam Jo‘rayev aholiga murojaat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Rustam Jo‘rayev mamlakatimiz aholisiga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi organlari boshqa huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda ushbu dolzarb vazifalarni bajarish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda xalqimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishda aniq reja asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bu jarayonda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar va ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan ob’ektlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki ishonchli qo‘riqlanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

«Bugungi kunda mahallalardagi vaziyatni tahlil qilar ekanmiz, ming afsuski, biz huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan sabablardan ko‘ra, ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilan band bo‘lib qolayotganimiz ayon bo‘lmoqda», deyiladi murojaatda.

Mahallalarimizda yoshlar tarbiyasiga yetarli darajada e’tibor qaratilmagani tufayli voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoiy va nosog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish holatlari ko‘paygani ham salbiy vaziyatning kuchayishiga olib kelmoqda.

Milliy gvardiya bu borada tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni aniq belgilab olgan.

Birinchidan, viloyatlar markazlaridagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning ma’muriyati bilan birgalikda ob’ektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralarni o‘rnatish choralari ko‘riladi.

Ikkinchidan, mahallalarda huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha yangi tizim va amaliyot joriy etilib, mulkiy va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan ob’ektlarda doimiy kuzatuv yo‘lga qo‘yiladi.

Uchinchidan, maktablarda xavfsiz muhitni yaratishga, o‘quvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, shahar-tuman markazlaridagi barcha ta’lim muassasalariga «tashvish» tugmalari va videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi hamda Milliy gvardiya qo‘riqloviga olindi.

To‘rtinchidan, fuqarolarning yashash joyidagi mol-mulkini ishonchli qo‘riqlash, ularni noqonuniy egallash holatlarini barvaqt oldini olish va o‘z vaqtida chek qo‘yishni – oldga qo‘yilgan asosiy maqsadlardan biriga aylantiriladi.

Murojaatchi aholidan o‘z uylarida texnik qo‘riqlov tizimlarni hamda tashvish tugmalarni o‘rnatishni tavsiya qilgan.

Kiritildi: 16:36 23.09.2023. O'qildi: 3989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!