Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

General-mayor Olmaota tergov hibsxonasida o‘lik holda topildi

General-mayor Olmaota tergov hibsxonasida o‘lik holda topildi

Qozog‘istonda general-mayor Jaylaubek Xalikuli Olmaota tergov hibsxonasida o‘lik holda topilgan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligining jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi xabar berdi

"Hibsga olingan Xalikuli J. ertalab soat 7 larda qo‘riqchi tomonidan topilgan. Voqea joyiga kelgan tez yordam o‘limni qayd etdi", deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, tekshiruv natijasida marhumga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlanmagan. Xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.

Jaylaubek Xalikuli turli yillarda Olmaota va Akmola viloyatlari ichki ishlar idoralarini boshqargan. May oyida u korrupsiyaga qarshi xizmat tomonidan korrupsiyada gumon qilinib, hibsga olingandi.

Kiritildi: 16:26 06.08.2022. O'qildi: 4490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!