Kompaniyada bir nechta bo‘linmalar yopiladi va bosh ofisning ko‘plab xodimlari ishdan bo‘shatiladi, deya xabar bermoqda nashr.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, sof foyda hajmi bo‘yicha Rossiyaning 100 ta eng yirik kompaniyalari reytingida peshqadamlik qilgan "Gazprom" 2024 yilda rekord darajadagi 583 milliard rubl (taxminan 60 million dollar) zarar bilan mazkur ro‘yxatdan chiqib qoldi.
Financial Times nashrining yozishicha, Rossiyaning Ukrainaga bosqini kompaniyaning biznes modelini barbod qildi. Shu bois "Gazprom" qayta tashkil etish va xarajatlarni qisqartirish rejasini ishlab chiqdi.