Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azoning HAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilni BMT maktabiga hujum qilganlikda ayblamoqda

G‘azoning HAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilni BMT maktabiga hujum qilganlikda ayblamoqda

G‘azoning HAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil harbiylari tinch aholi qo‘nim topgan Jabaliya qochqinlar lageridagi BMT maktabiga zarba bergan. Natijada, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili, shuningdek, lagerga uyushtirilgan yana bir hujumda bir oilaning yana 32 a’zosi, jumladan, 19 bola halok bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Isroil bu ayblovlarga hozircha izoh bermadi; harbiylar maktabga zarba berilgani haqidagi xabarlarni tekshirayotganini aytdi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda maktabga qilingan hujum oqibatlari aks etgan video paydo bo‘ldi. BBC nashrining yozishicha, ular kadrlarning geolokasiyasini aniqlay olgan va u haqiqatan ham maktab joylashgan hududda olingan. Bir yarim daqiqalik videoda turli qavatlardagi bir nechta xonalar aks etgan, 20 ga yaqin yaradorlar, jumladan ayollar va bolalar ham qo‘lga olingan.

BMT tomonidan boshqariladigan maktablar shimolda G‘azo aholisi tomonidan boshpana sifatida foydalaniladi. Oldinroq falastinlik shifokorlar Xon-Yunisdagi ko‘p qavatli uydagi ikkita xonadonga berilgan aviazarba natijasida 26 nafar falastinlik halok bo‘lganini xabar qilgan edi. Isroil avvalroq hudud aholisini ehtimoliy harbiy hujum oldidan evakuasiya qilishga chaqirgan.

Urush sharoitida BBC urushayotgan tomonlar rasmiylarining bayonotlarini tezda tekshira olmaydi.

Kiritildi: 08:41 19.11.2023. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!