Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

G‘azoni urushdan keyingi boshqaruv rejalarini muhokama qilish uchun yashirin uchrashuv o‘tkazdi

G‘azoni urushdan keyingi boshqaruv rejalarini muhokama qilish uchun yashirin uchrashuv o‘tkazdi

18 iyul kuni AQSH, Isroil va BAA Abu-Dabida G‘azo sektorini urushdan keyingi boshqaruv rejalarini muhokama qilish uchun yashirin uchrashuv o‘tkazdi.

Bu haqda Axios (https://www.axios.com/2024/07/23/us-israel-gaza-rebuild-talks-uae) 2 nafar isroillik rasmiyga tayanib yozadi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, uchrashuv BAA TIV rahbari tomonidan tashkil etilgan, Amerika tomonidan Baydenning Yaqin Sharq bo‘yicha maslahatchisi, Isroil tomonidan esa strategik ishlar vaziri ishtirok etgan.

«Uchrashuv Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil-Hamas urushidan keyin G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha real reja zarurligini tan ola boshlaganidan dalolat beradi», — deyiladi maqolada.

Kiritildi: 23:09 24.07.2024. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!