Isroil harbiylari G‘azo sektoriga havodan insonparvarlik yordami yetkazishda davom etmoqda.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Shanba kuni siyosiy rahbariyatning ko‘rsatmalariga muvofiq va Isroil, BAA, Iordaniya, Misr, Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Isroil armiyasi G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini ko‘paytirishga qaratilgan bir qator harakatlarni davom ettirdi. So‘nggi bir necha soat ichida beshta davlat G‘azo janubi va shimoliy aholisiga havo orqali 90 gumanitar paket oziq-ovqat yetkazib berdi", deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi G‘azo sektorida insonparvarlik yordami bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha xalqaro hamjamiyat bilan ishlashda davom etadi, shuningdek, G‘azo sektorida qasddan ocharchilik haqidagi yolg‘on da’volarni rad etadi, deya ta’kidladi vazirlik.