G‘azo sektoridagi barcha shifoxonalarning kamida 94 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan, shimoliy Falastin anklavida esa odamlar hech qanday tibbiy yordamdan deyarli foydalana olmaydi.
Bunday ma’lumotlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotida keltirilgan.
"G‘azo sektoridagi 36 kasalxonadan faqat 19 tasi jiddiy dori-darmon tanqisligi, tibbiyot xodimlarining yetishmasligi va xavfsizlik muammolariga qaramay o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va ulardan faqat 12 tasi turli tibbiy xizmatlarni taqdim etadi, qolganlari esa faqat asosiy va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishi mumkin. G‘azo sektoridagi barcha kasalxonalarning kamida 94 foizi shikastlangan yoki vayron qilingan.
2025 yilning 18 martida anklavda janglar qayta boshlanganidan beri JSST sog‘liqni saqlash muassasalariga 28 ta hujum va 2023 yil oktyabr oyidan buyon kamida 697 ta hujumni qayd etgan. “Anklav shimolidagi odamlar deyarli barcha tibbiy yordamdan mahrum bo‘lishdi. Janubda shifoxonalar yaradorlar bilan to‘lib ketdi.
"Hozirda G‘azo sektorida 2 milliondan ortiq aholi uchun atigi 2000 kasalxona yotoqlari mavjud", dedi JSST va "davom etayotgan janglar va qo‘shinlarning mavjudligi shifokorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda va dori-darmonlarni kasalxonalarga etib borishiga to‘sqinlik qilmoqda".
Tashkilot mintaqada zudlik bilan va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirib, “BMT va uning hamkorlari G‘azo sektoriga yordam yetkazish bo‘yicha aniq, prinsipial va samarali rejaga ega ekanligini” eslatdi.