2023 yil 7 oktyabrda Isroil harbiy tajovuzi boshlanganidan buyon G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 53 010 nafarga yetdi. Bu haqda chorshanba kuni G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi, deb yozadi Anadolu.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir kunda mahalliy shifoxonalarga 82 nafar halok bo‘lgan va 152 nafar yaralangan odamlar keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 martdan (19 yanvarda erishilgan otashkesim kelishuvi buzilganidan keyin) 2 876 nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 7 957 nafari yaralagan.
Mahalliy hokimiyatlar ma’lum qilishicha, vayron bo‘lgan binolarning vayronasi ostida hali ham minglab jasadlar qolmoqda.