Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘azoda vafot etgan jurnalistlar soni 84 taga yetdi

G‘azoda vafot etgan jurnalistlar soni 84 taga yetdi

Isroilning blokadadagi Falastin anklavidagi Xon Yunus va G‘azo shaharlariga uyushtirgan havo hujumlarida yana ikki jurnalist halok bo‘ldi.

Falastinlik jurnalist Ola Atallah G‘azo sharqidagi Darj hududida isroilliklarning hujumi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi G‘azo hukumati matbuot xizmati.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Attala bilan birga uning oilasining ba’zi a’zolari ham vafot etgan.

Ola Atallah avval "Anadolu" uchun ishlagan va turli mahalliy va xalqaro media tashkilotlarida ishlagan.

Boshqa tomondan, Falastin Jurnalistlar Uyushmasi, Isroilning Xon Yunus shahriga uyushtirgan havo hujumida jurnalist Dua al-Sebbourning turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan birga halok bo‘lganini bildirdi.

7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida 84 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi, jumladan, 8 ayol Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.

Kiritildi: 11:56 10.12.2023. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!