BMT Bosh kotibining insonparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda yordam koordinatori Tom Fletcher so‘nggi ikki yil davomida Isroil hujumi ostida qolgan G‘azo sektorida barcha tinch aholini to‘liq himoya qilish va gumanitar yordamlarni to‘siqsiz yetkazib berish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Fletcher 2023 yil 7 oktyabrdagi Isroil hujumlari va G‘azo sektori okkupasiya qilinganining ikki yilligi munosabati bilan shunday dedi:
«Endi bu haqiqatga aylanishiga umid chaqnadi. Biz bu umidni saqlab qolishimiz kerak».
U ta’kidlashicha, oxirgi ikki yil ichida o‘n minglab falastinliklar halok bo‘lgan, yuz minglab odamlar ochlik va majburiy ko‘chirilishga duch kelgan.