Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 182 nafarga yetdi

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 182 nafarga yetdi

G‘azo sektorida yana besh nafar ommaviy axborot vositalari xodimi Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Ular orasida prodyuser Nadiya Imad al-Sayyid va Imom radio boshlovchisi Abdurahmon Semir at-Tanani ham bor.

Shu tariqa, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil agressiyasi natijasida eksklavda halok bo‘lgan jurnalistlar soni 182 nafarga yetdi.

Isroil G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi genosidni boshlagan 2023 yil 7 oktyabrdan beri o‘ldirilgan matbuot xodimlari soni 182 nafarga yetdi.

Bugun erta tongda Isroil samolyotlari G‘azo shahri g‘arbidagi Al-Shati qochqinlar lageridagi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi Esma maktabiga hujum qildi. Bino ko‘chirilgan falastinliklar uchun boshpana vazifasini o‘tagan.

Kiritildi: 09:09 28.10.2024. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!