WFP ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda 22 ta novvoyxona ishlab turibdi.
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) xabar berishicha, bugun ularning ko‘magi bilan janubiy Rafahda yana bir novvoyxona qayta ishga tushirilgach, G‘azo sektorida jami 22 ta novvoyxona faoliyat yuritmoqda.
Shu haftaning boshida WFP shimoldagi Beyt-Laxiyada kuniga 20 ming porsiya taom tayyorlay oladigan oshxonani qayta ochgan edi.
Rafahda esa tashkilot har kuni 1500 ta taom tayyorlaydigan oshxona ochdi.
Biroq Isroil harbiy kuchlari tomonidan muhim infratuzilmaning aksariyati vayron qilinganidan so‘ng, G‘azoga yetkazilayotgan yordam miqdori u yerdagi 2,3 million aholining ehtiyojlarini qondirishdan hali ham ancha uzoq.