Isroill kuchlari tomonidan blokada qilingan G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida ochlik va ho‘llikdan yana to‘rt nafar falastinlik vafot etdi, ular orasida ikki nafar bola ham bor. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi direktori Munir al-Barsh ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
«G‘azoda bolalar onalari qo‘lida ochlikdan o‘layapti. Dunyo esa shunchaki kuzatmoqda», — dedi al-Barsh.
Ramiy ma’lumotlarga ko‘ra, 7 oktyabr 2023 yildan beri G‘azoda ochlikdan o‘lim holatlari keskin ortgan.
– 2023 yilda – 4 holat,
– 2024 yilda – 50 holat,
– 2025 yil boshidan buyon – 147 nafar inson ochlik qurboni bo‘lgan.
Shu bilan, umumiy hisobda 197 nafar falastinlik ocharchilik tufayli halok bo‘lgan.