G‘azo sektorida qo‘lga olingan BMT karvonining barcha xodimlari qo‘yib yuborilgan va ular xavfsiz. Bu haqda BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazarini ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS» .
«Kolonna va uning xodimlari qo‘yib yuborilib, BMT bazasiga qaytarildi. Ertaga G‘azo shimolida poliomiyelitga qarshi kampaniya o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas», - dedi Lazzarini ijtimoiy tarmoqda.