2023 yil oktyabrdan buyon Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 72 553 nafarga yetdi.
Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 24 soat ichida sektor shifoxonalariga ikki nafar halok bo‘lgan shaxs jasadi va 22 nafar yarador olib kelingan.
10 oktyabr 2025 yilda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganiga qaramay, hujumlar davom etmoqda.
Shu davr ichida Isroil zarbalari natijasida 777 kishi halok bo‘lgan, 2 193 nafar kishi yaralangan. Shuningdek, vayronalar ostidan 761 nafar qurbonning jasadi olib chiqilgan.
Umumiy hisobda esa yaradorlar soni 172 296 nafarga yetgan.