G‘azodagi Falastin fuqarolik mudofaasi bo‘linmasi so‘nggi 5 kun ichida sektorning turli hududlariga uyushtirilgan hujumlar natijasida 70 nafar bola hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi.
“Anadolu” axborot agentligi yozishicha, bayonotda G‘azo 16 oydan beri genosid uchun og‘ir tovon to‘lashda davom etayotgani ta’kidlangan.
2023 yil 7 oktyabrdan buyon qurbon berilgan 46 565 falastinlikning 17 841 nafari bolalar, 12 298 nafari ayollar. Minglab jasad hamon vayronalar ostida. Fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda. Afsuski, odamlar boshpana topgan kasalxonalar, ta’lim muassasalari ham o‘qqa tutilmoqda.