Bugun 12 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

G‘azoda 40 million tonna vayronalar hosil bo‘lgan, uni olib tashlash uchun 15 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi

G‘azoda 40 million tonna vayronalar hosil bo‘lgan, uni olib tashlash uchun 15 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi


BMT 7 oktabrdan beri Isroil hujumlari ostida bo‘lgan G‘azo sektorida 40 million tonna vayronalar hosil bo‘lganini va vayronalarning barchasini olib tashlash uchun 15 yildan ortiq vaqt ketishini ma’lum qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam va Ishlar Agentligining ijtimoiy media hisobida Isroil hujumlari ostida G‘azodagi vayronagarchiliklar bilan bog‘liq post tarqatildi.

Hujumlar tufayli G‘azoda 40 million tonna vayrona hosil bo‘lganligi va uni olib tashlash uchun 15 yildan ortiq vaqt ketishi mumkinligiga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanishicha, vayronalarni olib tashlash uchun 500 million dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi.

Bayonotda, shuningdek, vayronalarda portlamagan o‘q-dorilar va zararli moddalar bo‘lishi mumkinligi va bu holatning G‘azodagi falastinliklar uchun halokatli tahdidlar mavjudligi qayd etildi.

Isroil armiyasining 7 oktyabrdan beri davom etgan hujumlari tufayli, aksariyati ayollar va bolalar 38 ming 664 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 89 ming 97 kishi yaralandi.

Isroil tinmay bombardimon qilayotgan G‘azo sektorini xarobaga aylantirdi.

Kiritildi: 23:30 15.07.2024. O'qildi: 1156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!