Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

G‘azoda 269 UNRWA xodimi halok bo‘ldi

G‘azoda 269 UNRWA xodimi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoridagi amaliyoti boshlanganidan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 269 nafar xodimi halok bo‘ldi.

Bu haqda UNRWA rahbari Filipp Lazarini BMT Xavfsizlik kengashidagi yopiq brifingdan so‘ng jurnalistlarga murojaatida ma’lum qilgan.

Lazzarinining ta’kidlashicha, ikki haftadan kamroq vaqt ichida Knesset (Isroil parlamenti) tomonidan bosib olingan Falastin hududlarida UNRVA faoliyatini to‘xtatishni talab qiluvchi qonun kuchga kiradi va agentlik faoliyatining to‘xtatilishi falastinliklarning allaqachon halokatli bo‘lgan yashash sharoitlarini cheksiz darajada yomonlashtiradi.

UNRWA Bosh komissari Isroil global dezinformasiya kampaniyasini olib borayotganini, agentlikka kuchli diplomatik bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi. U Nyu-York kabi shaharlarda UNRWAni terrorizmda ayblovchi bilbordlar osib qo‘yilganiga, Isroil Tashqi ishlar vazirligining bunday targ‘ibot uchun 150 million dollar to‘laganiga e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 10:33 18.01.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!