Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

G‘azoda 10 mingdan ortiq askarini yo‘qotgan Isroil armiyasi chuqur inqirozga duch kelmoqda

G‘azoda 10 mingdan ortiq askarini yo‘qotgan Isroil armiyasi chuqur inqirozga duch kelmoqda

2023 yil 7 oktyabridan boshlab Isroil armiyasining 10 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan yoki yaralangan. G‘azo sektoridagi okkupasiyani doimiy qilish harakatlari va G‘arb sohilida (Iordan daryosining g‘arbiy sohilida) kuchayib borayotgan harbiy amaliyotlar fonda Isroil armiyasi shaxsiy tarkib yetishmovchiligi bo‘yicha chuqur inqirozga duch kelmoqda.

G‘azodan tashqari Livan va Suriyaga qarshi ham hujumlar kengayib, G‘arb sohilidagi okkupasiya davom etayotgan bir paytda Isroil armiyasi jiddiy ravishda kadrlar tanqisligiga duch keldi. O‘tgan oyda armiya qo‘mondonligi 12 ming askar yetishmayotganini, ulardan 7 ming nafari front uchun zarur ekanini ma’lum qildi.

Bu inqirozni yengish uchun Isroil hukumat xaredim (ultraortodoks yahudiylar)larni harbiy xizmatga chaqirishni va zaxiradagi askarlarning xizmat muddatini uzaytirishni boshladi. Biroq bu choralar kutilgan natijani bermadi. Rezervistlarning xizmatini uzaytirish mamlakat ichida noroziliklarni keltirib chiqardi.

Kiritildi: 16:14 04.06.2025. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!