2023 yil oktabr oyida anklavda operasiya boshlanganidan beri Isroil harbiy harakatlari natijasida G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 41,9 mingga yaqinlashmoqda.
«Isroilning 2023 yil oktabr oyidan beri G‘azodagi harakatlari natijasida halok bo‘lganlar soni 41 870 nafarga yetdi, yana 97 166 kishi jarohat oldi», — deyiladi departamentning xulosasida. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi, «so‘nggi 24 soat ichida Isroilning G‘azoning turli hududlarini o‘qqa tutishi va bombalashi natijasida 45 falastinlik halok bo‘ldi va 256 kishi yaralandi» deb qo‘shimcha qildi.
Vazirlik shuningdek, isroilliklarning G‘azo sektori markazidagi maktab va masjidga uyushtirgan tunda uyushtirgan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetganini, «o‘nlab odamlar yaralanganini» ta’kidladi. Qurbonlar soni haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Avvalroq Al-Jazira 24 kishi halok bo‘lgani va 93 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edi.