Bugun 3 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

G‘azo shahriga zarbalar oqibatida uch falastinlik halok bo‘ldi

G‘azo shahriga zarbalar oqibatida uch falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo shahriga bergan zarbalari oqibatida uch nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Falastinning Shehab agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, zarba shaharning g‘arbiy qismida joylashgan Al-Katiba hududiga berilgan.

"G‘azo shahri g‘arbidagi Al-Katiba hududiga Isroil tomonidan berilgan zarbalar oqibatida uch nafar falastinlik — ikki bola va bir ayol halok bo‘ldi. Yana sakkiz kishi jarohat oldi", — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:33 01.09.2026. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!