Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azo qirg‘ini boshlanganining 250-kunida 42 kishi o‘ldirildi, 120 kishi jarohat oldi

A A A
G‘azo qirg‘ini boshlanganining 250-kunida 42 kishi o‘ldirildi, 120 kishi jarohat oldi

Kecha Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 250 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

- Bosqinchilar Shujayya va az-Zaytun hududlari, Rafah va G‘azo markaziga hujum qildi. Kun davomida 42 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohat oldi. Jami 37164 kishi shahid bo‘ldi.

- G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Jenin, Nablus va Xalilga bostirib kirishdi. 48 soat ichida 12 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar hibsga olindi, ulardan biri yosh bola.

- Hizbulloh bosib olingan Falastin shimolidagi nishonlarga 100 dan ortiq raketa zarbasi berdi.

- G‘azo qarshilik jangchilari Rafahdagi Al-Shaboura lagerida joylashib olgan ishg‘olchilar va ularning texnikalarini yo‘q qildi.

- Bosqinchilar Livan janubidagi Joya shahriga hujum qildi. 4 askar halok bo‘ldi. Hizbulloh qo‘mondoni Tolib Sami Abdulloh shahid bo‘ldi.

- HAMAS va Islomiy jihod doimiy otashkesim va bosqinchilarni G‘azodan, jumladan Misr chegarasidan to‘liq olib chiqish bo‘yicha shartlarga tuzatish kiritdi.

- Islomiy jihod rahbari Rasmi Abu Issa: Netanyaxu biz bilan alohida gaplashishga harakat qildi, lekin biz uning iltimosini rad etdik.

- G‘azo qutqaruvchilari: Bizda uskunalar va yonilg‘i tanqisligi kun sayin oshib bormoqda. Yordam ko‘rsatish istalgan vaqtda to‘xtatilishi mumkin. Ayni paytda kuniga 300 litr yonilg‘iga ehtiyojimiz bor.

- BMT: G‘azodagi ayollar va chaqaloqlarning 96 foizidan ko‘prog‘i asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj.

Kiritildi: 14:18 13.06.2024. O'qildi: 1418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!