Norvegiya AQSh tomonidan G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha Tinchlik kengashi tarkibiga kirish taklifini oldi. Bu haqda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif AQSh ma’muriyati rahbari Donald Tramp nomidan yuborilgan.
"Vashingtondagi elchixona orqali prezident Trampning taklifi haqida xabardor bo‘ldim va uni oldim", — deya Styorening so‘zlarini VG nashri keltirdi.