G‘azoda poliomiyelitga qarshi navbatdagi "keng ko‘lamli" emlash kompaniyasi boshlanmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA) rahbari ma’lum qilishicha, poliovirusga qarshi emlashning avvalgi ikki bosqichidagi kabi, G‘azoda 10 yoshgacha bo‘lgan 600 mingga yaqin bolaga bugundan boshlab chorshanbagacha emlash o‘tkazilishi kutilmoqda.
Filipp Lazzarini so‘nggi paytda anklavdagi oqava suvlarda virus aniqlanib, bolalar hayoti xavf ostida qolganidan keyin, UNRWA jamoasining 1700 dan ortiq a’zosi ushbu kompaniyada ishtirok etishini ma’lum qildi.
Virus bolalarda falajlik va o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. G‘azoda birinchi emlash kompaniyasi sentyabr oyida, 10 oylik bola poliomiyelitdan falaj bo‘lganidan so‘ng boshlangan edi. O‘shanda mutaxassislar virus G‘azo bo‘ylab va hatto Isroil hamda boshqa hududlarga tez tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edilar.