Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Garvard universiteti Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga da’vo arizasi berdi

Garvard universiteti Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga da’vo arizasi berdi

23 may kuni Boston federal sudiga berilgan da’vo arizasida AQSh hukumati tomonidan Garvard universitetining xorijlik talabalarni qabul qilish huquqidan mahrum qilinishi Qo‘shma Shtatlar Konstitusiyasining birinchi tuzatishga zid ekani va bu holat “Garvard hamda 7000 dan ortiq ta’lim vizasi egalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi" qayd etilgan.

"Bitta imzo bilan hukumat Garvard talabalarining to‘rtdan bir qismini — universitet va uning missiyasiga muhim hissa qo‘shayotgan xorijlik talabalarni yo‘q qilishga urinmoqda", deyiladi da’vo arizasida.

Avvalroq Garvard universiteti Donald Tramp ma’muriyati harakatlarini “Oq uy siyosiy talablariga qarshilik ko‘rsatilgani uchun AQSh Konstitusiyasiga zid qasos chorasi” deb atagan edi.

Kiritildi: 18:58 23.05.2025. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!