AQSh ta’lim vaziri Linda Makmexon Garvard universiteti prezidenti Alan Garberga yo‘llagan maktubida AQSh hukumati endi bu oliygohni moliyalashtirmasligini ma’lum qildi.
“Garvard federal hukumatdan endi hech qanday grant kutmasligi kerak, chunki ular berilmaydi”, — deyiladi Makmexonning ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan maktubida.
Vazirning ta’kidlashicha, universitet AQSh Oliy sudi qabul qilgan irqiy tenglik to‘g‘risidagi qarorga bo‘ysunmagan. Shuningdek, u Garvardni xorijlik talabalarni jalb etib, ular orqali kampusda zo‘ravon harakatlarga yo‘l qo‘yishda aybladi.
Makmexonning fikriga ko‘ra, universitetda ta’lim standartlari ham juda past.