Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘arb cheklovlar Rossiyaga kutilganidek ta’sir qilmayotgani uchun jabr ko‘rmoqda — Peskov

G‘arb cheklovlar Rossiyaga kutilganidek ta’sir qilmayotgani uchun jabr ko‘rmoqda — Peskov

Vladimir Putin G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalarning foydasizligi tufayli sabotajga yo‘l qo‘yishi mumkinligini bejiz aytmayapti, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov telejurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida.

“Prezident buni bekorga aytmayapti, baribir, uning aniq ma’lumotlari bor, buni aytishga asosi bor”, - dedi u.

Peskov, shuningdek, G‘arb davlatlari cheklovlar Rossiyaga kutilganidek ta’sir qilmayotgani uchun jabr ko‘rayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Moskva sanksiyalardan foyda ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi u.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya imkon qadar e’tiborli bo‘lishi kerak, chunki G‘arb davlatlari unga bosim o‘tkazish imkoniyatlarini izlashda davom etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar o‘zini noo‘rin tutadi, hech narsani mensimaydi va ko‘p narsaga qodir.

Kiritildi: 09:38 19.11.2023. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!