Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Gamburgda noma’lum shaxs polisiyaga bolta bilan hujum qildi

A A A
Gamburgda noma’lum shaxs polisiyaga bolta bilan hujum qildi

Gamburgda erkak bolta yordamida polisiyachilarga hujum qildi.

Bu haqda Bild xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, erkak qurol bilan zararsizlantirilgan. Uning ahvoli haqida hech narsa aytilmagan. Erkakning huquq-tartibot idoralari xodimlariga bolta bilan hujum qilish sabablari ham noma’lum.

Qayd etilishicha, voqea futbol bo‘yicha Yevropa chempionati doirasida bugun Polsha bilan o‘ynaydigan Niderlandiya terma jamoasi muxlislari yig‘ilgan Reperban sayyohlik ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 16:52 16.06.2024. O'qildi: 1322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!