Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Galatasaroy» — «Barselona» o‘yini chiptalari narxi rekord darajaga yetdi

«Galatasaroy» — «Barselona» o‘yini chiptalari narxi rekord darajaga yetdi

Evropa Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan «Galatasaroy» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv Turkiya futbolida chipta narxi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Sporx nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Istanbuldagi «Rams Park» stadionida o‘tadigan bahs uchun eng qimmat chiptalar narxi 75 ming turk lirasiga yetgan. Shunga qaramay, sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar xarid qilingan.

Turkiya nashriga ko‘ra, «Galatasaroy» rahbariyati ushbu uchrashuv kuni chipta savdosi va klubning rasmiy do‘konlaridagi sotuvlar hisobidan taxminan 250 million lira tushum olishni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy» — «Barselona» uchrashuvi 13 oktyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:34 12.10.2026. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!